09:17 / 01.11.2015
7981

O‘zbekistonda noqonuniy kira qiluvchi haydovchilarni aniqlashtiruvchi navbatdagi reyd o‘tkazildi

O‘zbekistonda noqonuniy ravishda yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarni aniqlash maqsadida navbatdagi reyd o‘tkazildi. Oxirgi 9 oy davomida 3,5 ming tekshiruv o‘tkazilib, 21 ming qonun buzilish holati qayd etilgan.
O‘zbekistonda 2015 yilning 9 oyi davomida ushbu qoidabuzarlik uchun 13,2 milliard so‘mlik jarima undirilgan, deb xabar beradi Sputnik nashri O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi ma'lumotiga asoslanib.

Reyd davomida qo‘lga kiritilgan barcha materiallar aniq choralar ko‘rish maqsadida tegishli idoralarga jo‘natiladi. 2015 yilning yanvar-sentabr oyidagi tekshiruvlar natijasida jarimadan tashqari 390 ta litsenziyaning harakat muddati to‘xtatilgan, 400 ga yaqininiki esa tugatilgan.
Manbaning ma'lum qilishicha, yo‘llarda olib borilayotgan ushbu tekshiruvlar o‘z natijasini bermoqda. Bugun ko‘plab haydovchilar yo‘lovchi tashish ruxsatnomasini so‘rab, agentlikka murojaat etishmoqda.

Top