09:59 / 01.11.2015
2888

Somali poytaxtida yuz bergan portlash tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

31 oktabr kuni Somali poytaxti Mogadishoda yuz bergan portlash kamida 2 kishini bu hayotdan olib ketdi.

Guvohlarning aytishicha, portlashdan oldin otishma ovozlari eshitilgan.

"Saafi" mehmonxonasiga kirib kelgan mashina portlab ketdi. Men 2 kishining o‘limini tasdiqlayman", deydi mahalliy politsiya boshlig‘i Ahmad Nur.

Hozircha voqea tafsilotlari aniqlanmagan.

Shuningdek, bu hujum uchun javobgarlikni ham hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Qayd etish kerakki, Afrikaning sharqiy qismida keyingi vaqtlarda "Ash Shabob" jangarilari faollikni kuchaytirishgan.

Top