10:13 / 01.11.2015
3290

Yangi Zelandiya regbi bo‘yicha 3 karra jahon chempioniga aylandi

31 oktabr kuni London shahrida regbi bo‘yicha Jahon Kubogi o‘z yakuniga yetdi.

Final bahsida Yangi Zelandiya va Avstraliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

Londondagi "Tvikenxem" stadionida o‘tkazilgan final o‘yinida yangi zelandiyaliklarning 34-17 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.

Bu bilan zelandiyaliklar uch karra jahon chempioniga aylanishdi. Bungacha Yangi Zelandiya terma jamoasi 1987 va 2011 yillarda ham dunyoning eng kuchli regbi terma jamoasi nomini qo‘lga kiritishgan edi.

YaNGI ZeLANDIYa – AVSTRALIYa – 34:17 (16:3)

Yangi Zelandiya: urinishlar – Milner-Skadder, Nonu, Barrett, foydalanish – Karter (2), jarima zarbalari – Karter (4), drop-gol – Karter.

Avstraliya: urinishlar – Pokok, Kuridrani, foydalanish – Foli (2), jarima zarbalari – Foli.

Sariq kartochka – B.Smit (Yangi Zelandiya)

30 oktabr kuni bronza medali uchun kechgan bahsda Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi Argentinani 24:13 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, dunyoning uchinchi jamoasiga aylangandi.

Top