00:16 / 02.11.2015
5673

Anjyelina Joli va Bred Pitt birgalikda intervyu berishdi

Gollivudning yulduzli juftligi Anjyelina Joli va Bred Pitt birgalikda intervyu berishdi. Juftlik Tom Brokau ko‘rsatuviga taklif qilindilar va o‘zlari birga suratga tushgan “Lojuvard qirg‘oq” filmi, o‘zaro munosabatlari haqida gapirib berdilar va oilalaridagi ba'zi muammolar haqidagi mish-mishlarga izoh berib o‘tdilar.

Suhbat davomida Anjyelina Joli turmush o‘rtog‘iga uni sut bezlari va tuxumdonlarini olib tashlash operatsiyalari davomida qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchiligini bildirdi. 2013 yilda aktrisa saraton kasalligining oldini olish maqsadida ushbu operatsiyalarga rozi bo‘lgan, unda saratonning rivojlanishi irsiy xavfi juda yuqori bo‘lgan.

“Operatsiyalar davom etayotgan paytlar u men bilan ekanligini bilardim. Men bundan o‘zimni kamroq darajada latofatli sezmadim, chunki mening erim bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdi”, deb aytmoqda Joli o‘z turmush o‘rtog‘iga minnatdorchilik bildirib.

Pitt o‘z navbatida rafiqasini qo‘lidan kelgancha qo‘llab-quvvatlashga harakat qilganini aytdi.

“Agar oilamiz a'zolari iloji boricha ko‘proq birga qolishlari uchun nimadir qilish kerak bo‘lsa, unda buni qilish kerak”, deb aytdi Pitt.

Biroq Pitt rafiqasining bu qarori unga haqiqiy sinov bo‘lganini tan oldi.

“Bu juda vahimali qaror edi. Noto‘g‘ri ketishi mumkin bo‘lgan ko‘plab narsalar bor edi. Ko‘p narsa sodir bo‘lishi mumkin edi”, deb ta'kidlab o‘tdi aktyor.

Juftlik oilaviy nizolar haqidagi xabarlarni qat'iyan inkor etmoqda. Bunday gaplar Pitt va Joli yangi “Lojuvard qirg‘oq” deb nomlangan filmda munosabatlari chuqur inqirozda bo‘lgan juftlik rolini o‘ynashgani sabab paydo bo‘lgan. Biroq er-xotin film syujyeti ularning haqiqiy hayotlari bilan umuman aloqasi yo‘qligini baralla aytishdi.

“Bizning muxlislar agar filmdagi qahramonlarimiz bizga o‘xshaganda, biz bunday filmni suratga ololmagan bo‘lishimizni tushunishadi, deb umid qilaman. Biz buni munosabatlarimiz juda mustahkam bo‘lgani va biz ijro etayotgan muammolar bizlarda yo‘q bo‘lgani uchun qila oldik”, deb aytdi Joli.

Juftlik ishtirokidagi yangi film AQShda 13 noyabrdan tomoshaga chiqadi.

Top