19:37 / 02.11.2015
3523

Bloomberg: korruptsion tekshiruvlar Xitoy Qishloq xo‘jaligi banki prezidentiga ham yetib bordi

Xitoyning eng yirik banklaridan biri – Qishloq xo‘jaligi banki prezidenti Chjan Yun ko‘rsatmalar berish uchun hibsga olindi, biroq bu uning qoidabuzarliklarda ayblanayotganini anglatmaydi, deb yozmoqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi.

Xitoy Kompartiyasining intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy komissiyasi mamlakat raisi Si Tszinpin 2012 yilning noyabrida partiya rahbari bo‘lgandan keyin moliyaviy sohani birinchi marta katta ko‘lamda tekshirmoqda. Xitoyda yozda fond bozorida kuzatilgan yuqori beqarorlik bir qator tergovlarga olib keldi. Bu tergovlar ortida Xitoy kompaniyalarining bir qator rahbarlari hibsga olindi.

Xitoyda bozor narxi bo‘yicha 4-raqamli bank bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi banki matbuot kotibi bu axborotga izoh berishdan bosh tortdi.

Xitoy xalq banki, Xitoyning beshta yirik banki, China Investment Corp jamg‘armasi hamda sug‘urta va qimmatbaho qog‘ozlarni tartibga soluvchi banklar korrupsiya holatiga tekshiriladigan 31 ta sub'yekt qatorida turibdi.

Avvalroq Xitoyda eng yirik neft-gaz kompaniyasining sobiq rahbari korrupsiya uchun qamalgani ma'lum qilingandi.

Top