16:55 / 02.11.2015
2588

Bloomberg: Xitoy kapital chiqib ketishini kamaytirish uchun qimmatbaho qog‘ozlar bozorini liberallashtirmoqda

Xitoy milliy banki 30 oktabr kuni Shanxay erkin savdo zonasida aholiga savdolarda xorij aktivlarini sotib olish va yuanda xorijiy kompaniyalar obligatsiyalarini ochishga imkon beradigan sinov dasturi ishga turilishi haqida ma'lum qilgan edi.

Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, Xalq bankining boshqa tashabbuslari Xitoy kompaniyalariga savdolarda qatnashish va xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda qo‘shma muassasalar tashkil etishga ijozat beradi.

Bu kabi choralar 2015 yil avgust oyida yuanning yirik miqyosli devalvatsiyasi ro‘y berib, ikki oy davomida fond bozori alg‘ov-dalg‘ov holatga tushib qolganidan so‘ng amalga oshirildi. Sarmoyadorlar sentabr oyida mamlakatdan 194 mlrd dollarni olib chiqib ketdi, 2015 yildagi kapital oqimi esa 669 millard dollarga qadar yetdi.

Shu sababdan ikki oy davomida Xitoy xalq banki kapital oqimini kamaytirish maqsadida 137 mlrd dollarlik oltin zaxirasini ishga soldi. Xitoyning jami zaxirasi esa 3,5 trln dollarni tashkil etadi.

Top