16:51 / 02.11.2015
5309

Manba: A321 ekipaji samolyotning qulayotgani haqida xabarga ega bo‘lmagan

A321 samolyotining qulashi bo‘yicha olib borilayotgan tergovga yaqin manbaning xabar berishicha, «qora quti»dan qulagan rus samolyoti bo‘yicha dastlabki ma'lumotlar olindi, deb yozadi Reuters.

Qayd qilinishicha, samolyot ekipaji yerga qulayotgani haqida xabarga ega bo‘lmagan. Misrdagi voqeani tadqiq qilayotgan manbalar A321 samolyoti tashqi ta'sirlar natijasida qulamaganini e'tirof etmoqda.

Oldinroq, «Kogalimavia» aviakompaniyasi A321 samolyoti inson va texnik faktorlar natijasida Misrga qulagani haqida bayonot bergandi.

Top