10:41 / 02.11.2015
13030

Navoiyliklar 2015-2016 yil kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bo‘lmasligidan ogohlantirildi

Feysbukdagi “Jamoatchilik nazorati” guruhiga foydalanuvchilardan biri Navoiyda fuqarolarga kelgan bildirishnoma suratini joylashtirdi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar yozgan.

“Joriy yilning yoz mavsumida 2015-2016 yil kuz-qish mavsumi davrida havo haroratining keskin pasayib ketishi mumkinligi va hududda tabiiy gazning bo‘lmasligi to‘g‘risida ogohlantirilgansiz.

Shu munosabat bilan hokimlik va mutasaddi tashkilotlar tomonidan aholini kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazishi maqsadida hududdagi fuqarolar yig‘ini orqali har bir tonnasining narxi 134 ming so‘mdan (transport harajatisiz) bo‘lgan ko‘mir yoqilg‘isi hamda suyultirilgan gaz balloni bilan ta'minlash tashkil etilgan (suyultirilgan gaz balloni ijaraga berilib, faqatgina suyultirilgan gaz uchun 9 ming so‘m to‘lov amalga oshiriladi)”, deyiladi bildirishnomada.

Bildirishnoma so‘nggida fuqarolardan mazkur tavsiyalarni inobatga olish so‘ralgan.

Top