18:21 / 02.11.2015
3242

Nazarboyev AQShga Qozog‘iston mustaqilligini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar qildi Oqo‘rda matbuot xizmati.

“Qozog‘iston xalqi mamlakatingizdan mustaqilligimiz va iqtisodiyotimizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlayotganidan minnatdor. Bugun yurtimizda 500ga yaqin Amerika kapitali ishtirokidagi kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda”, - dedi o‘z so‘zida N.Nazarboyev.
Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston va AQShning yadroviy qurollanish va uning tarqalishi masalalari bo‘yicha olib borayotgan hamkorlikni eslab o‘tdi.

Top