09:22 / 02.11.2015
3811

OAV: nemislarning muhojirlarga bildirgan har bir nafratli izohlari uchun muhojirlarga 1 yevrodan yordam puli o‘tkaziladi

Muhojirlarning oqimidan aziyat chekayotgan Germaniyada mamlakat fuqarolarining muhojirlarga nisbatan nafratlari pulga aylantiriladi.

“Nafrat yordam beradi” (HASS HILFT) maxsus jamg‘armasi ijtimoiy tarmoqlarda yaxshi hayot izlayotgan muhojirlarga qarshi bildirilgan har “bir nafratga to‘la” izohga muhojirlarga yordam berish uchun 1 yevro o‘tkazadi. Istalgan internet foydalanuvchisi jamg‘arma sahifasiga o‘zining “nafrat bilan to‘la” izohi yoki sahifasining skrinshotiga havolani yuborishi mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda The Washington Post nashri.

Loyiha ishtirokchilarining aytishicha, “qancha ko‘proq nafrat bildirilsa, shuncha ko‘proq pul muhojirlarga yordam sifatida ajratiladi”. Ayni paytda 1300 yevroga yaqin pul to‘plandi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i loyihani homiylik qilishdan bosh tortganiga qaramasdan, uni qo‘llab-quvvatlab, yil oxirigacha uni reklama qilishda yordam beradigan bo‘ldi. Avvalroq ijtimoiy tarmoq millatchilik ruhidagi xabarlarni o‘chirishni istamasligi uchun tanqid qilingan edi.

Yevropa chegara agentligi Frontex’ning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 9 oyida Yevropa Ittifoqiga 710 mingdan ko‘proq muhojir kelgan.

Top