09:34 / 02.11.2015
2316

Qozog‘istonda ekstremizmning internet orqali targ‘ib qilinishiga qarshi kurash olib borilmoqda

Qozog‘istonda ekstremizmning internet orqali targ‘ib qilinishiga qarshi kurash olib borilmoqda. Bu haqda Bnews.kz sayti xabar bermoqda.

Aytilishicha, joriy yilning iyul-sentabr oylarida ektremizm va terrorchilikka qarshi yo‘naltirilgan tadbirlarda 800 ming kishi ishtirok etgan. Dinshunoslar kongressi ilmiy xodimi Gulzot Bilolovaning ta'kidlashicha, tadbirlar davomida targ‘ibotning katta qismi internet orqali olib borilishi ma'lum bo‘lgan. Ayniqsa Facebook, Twitter, “Odnoklassniki”, “VKontakte” singari ijtimoiy tarmoqlar amalda boshqarib bo‘lmaydigan axborot manbaiga aylanib ulgurgan.

Bundan tashqari, yoshlar diniy bilimlarini to‘ldirish maqsadida internetdan foydalanar ekan, u yerdagi turli saytlar ichidan har doim ham eng sifatlilarini ajratib ololmaydi va ba'zan o‘zi bilmagan holda ekstremistik resurslarga murojaat qilishi mumkin.
Aynan shu tufayli Qozog‘istonda internet orqali olib borilayotgan propagandaga qarshi chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Top