12:39 / 02.11.2015
4488

Qozog‘istonning NTK telekanali turk va hind seriallariga “dam” bermoqchi

Qozog‘istondagi NTK telekanali yangi 2015-2016 televizon mavsumida o‘zi suratga olgan birvarakayiga oltita ko‘p seriyali kartinalarni efirga uzatib, hind va turk seriallarini “chetga surib” qo‘ymoqchi.

“Telekanal joriy yilda qimmat turuvchi formatli shoulardan voz kechgan edi”, - dedi NTK bosh direktori Saida Igenbek.

Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy seriallar ishlab chiqarilishida oliy ligada ishtirok etayotgan qozoq QVZ jamoalari a'zolari, Rossiyaning TNT va STS telekanallari uchun turli janrdagi seriallarni tasvirga olishda ishtirok etgan ijodkorlar jalb qilindi.

Top