10:27 / 02.11.2015
2988

Ronaldu "Real" tarkibida 58ta jamoaga qarshi o‘yinlar o‘tkazib, ulardan 54tasiga gol ura olgan

"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Las-Palmas" jamoasiga qarshi kechgan (3:1) o‘yindagi gollardan biriga mualliflik qildi. Shu tariqa, u "Real" tarkibida 54-jamoaga qarshi o‘yinda gol urdi.

Ronaldu madridliklar safida 2009 yildan beri o‘tkazgan mavsumlarida turli musobaqalar doirasida jami 58 jamoga qarshi o‘yinlarda maydonga tushgan va ulardan faqat 4tasiga gol ura olmagan.

U YeChL doirasida "PSJ" va "Dinamo Z" jamoalari darvozasini ishg‘ol eta olmagan. Shuningdek, Ronaldu klublar o‘rtasidagi chempionatda "Krus Asul" va "San-Lorenso" jamoalariga qarshi o‘yinlarni golsiz yakunlagan.

Ma'lumot uchun, Ronaldudan eng ko‘p gol o‘tkazgan jamoa "Sevilya" hisoblanadi - 21ta gol. Bu borada keyingi o‘rinlarda "Xetafe" (18 gol), "Atletiko" va "Barselona" (15tadan gol) jamoalari turishadi.

Top