07:21 / 02.11.2015
2881

Rossiya aviakompaniyalari Sinay yarimoroli shimolidan parvozlar amalga oshirishdan bosh tortdilar

Rossiya aviakompaniyalari “Kogalimavia” aviakompaniyasining layneri falokatga uchragandan keyin Sinay yarimoroli shimolidan parvozlar amalga oshirishdan bosh tortmoqdalar.

Bundan FlightRadar24 aviatsiyaga bag‘ishlangan portalidagi ma'lumotlar darak bermoqda. Gap “Uralskiye avialinii”, “Katekavia”, Nordwind (“Severniy veter”), Ifly aviakompaniyalari haqida ketmoqda. 

Endi bu aviakompaniyalar samolyotlari boshqa uzunroq yo‘nalish bo‘yicha uchadilar. Misol uchun Sharm-al-Shayhdan Moskvaga yo‘lga ketadigan vaqt 10 daqiqaga uzayadi.

Aviakompaniyalar parvoz yo‘nalishi borasida qarorlarni o‘zlari mustaqil qabul qiladilar, deb aytilmoqda Rosaviatsiyada.

Avvalroq Sinay yarimoroli ustidan Air France, Lufthansa va Emirates Airlines aviakompaniyalari parvozlarni amalga oshirishni to‘xtatishga qaror qilganlari ma'lum qilingandi. Britaniyaning British Airways aviakompaniyasi Sharm-al-Shayhga parvozlarni amalga oshirishni davom ettirishini, biroq har bir parvoz oldidan xatarlarni batafsil taroziga solib ko‘rishini malum qildi.     

Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi ijrochi direktori Viktor Sorochenko samolyot qulagan joy dastlabki kuzatuvdan o‘tkazilgandan keyin aviafalokatning birorta taxminini inkor etishga hozircha asoslar yo‘qligini aytdi.

Top