13:23 / 02.11.2015
4996

Rossiya laynerining halokati yerida fyuzelyajning 12 yirik bo‘lagi topildi

Qidiruv guruhi Rossiyaga tegishli A321 laynerining Misrdagi halokati yerida fyuzelyajning 12 yirik bo‘lagini topdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Ayni paytda fyuzelyajning 12 bo‘lagi va shaxsiy buyumlar topildi. Shaxsiy buyumlarni Qohiraga jo‘natish masalasini hal qilmoqdamiz”, - dedi Rossiya favqulodda xizmatlari vakili Aleksandr Agafonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qidiruvda 84 kishi ishtirok etmoqda.

Top