19:24 / 02.11.2015
2555

"Sent-Etenn"ga qarshi safar o‘yinida "Dnepr" fan-klubi uchun alohida sektor bo‘lmaydi

Ukrainaning «Dnepr» klubi manziliga Fransiyaning «Sent-Etenn» jamoasi nomidan ukrainalik muxlislar uchun mo‘ljallangan chiptalar sotuvga chiqarilmasligi to‘g‘risida xat keldi. Bu haqda ukrain klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha, fransuz politsiya tavsiyasiga asosan mazkur qarorga kelingan. Ular yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar oldini olish maqsadida shunday chora qo‘llashni ma'qul ko‘rishgan.

Ma'lumot uchun, o‘tgan yili Sent-Etennda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikkala jamoa ishqibozlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga kelgan, bir nafar «Dnepr» muxlisi jarohat olgandi. Ikki nafar fransiyalik muxlis 2-3 yil davomida stadionga kirish huquqidan mahrum qilingandi.

Top