09:29 / 02.11.2015
3208

Seul va Shanxayda mahalla instituti namoyish qilindi

2015 yilning 18-25 oktabr kunlari davlat va nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasi (Seul shahri) hamda XXR (Pekin, Shanxay shaharlari)ga tashrifi tashkil etildi. Bu haqda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti axborot xizmati xabar qildi.

Delegatsiya vakillari fuqarolik jamiyati rivojida o‘z-o‘zini boshqari organlarining ahamiyatiga bag‘ishlangan “Mahalla instituti va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganish” mavzusida davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tashrif doirasida Seul va Shanxay shaharlarida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari: zamonaviy o‘zbek jamiyatini mustahkamlashning muhim mexanizmi” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan davra suhbatlarida O‘zbekistondagi mahalla institutining qadimiy va noyob boshqaruv shakli ekanligi, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni, oilalar mustahkamligini ta'minlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi o‘rni haqida davra suhbati ishtirokchilariga atroflicha ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekistonda yoshlar va ta'lim” va “O‘zbekistonda yoshlar va sport” mavzularidagi videolavhalar davra suhbati ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi hamda ularning O‘zbekistonda sport va ta'lim sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qildi.

Top