12:56 / 02.11.2015
2977

The Sun: Kapello "Chelsi"da Mourinoning o‘rniga ish boshlashga tayyor

Italiyalik tajribali murabbiy Fabio Kapello "Chelsi"ga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin. Uning o‘zi shunday istagi haqida bildirgan. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatgan.

Ayni vaqtda "Chelsi" rahbariyati keyingi 8 uchrashuvda faqat bitta g‘alaba qayd etgan murabbiy Joze Mourinoni ishdan bo‘shatishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Londonliklar APLning 11 turidan keyin 11 ochko to‘plagan va turnir jadvalida 15-o‘rinni egallab turibdi.

Biroz oldinroq, "Chelsi" jamoasi xo‘jayini Roman Abramovich Mourinoga vaziyatni o‘nglash uchun yana 2ta o‘yinda imkoniyat bergani haqida xabar berilgandi. Endilikda, Mourino "Chelsi" bilan YeChL doirasida "Dinamo K" jamoasini, APLning keyingi turida esa "Stok Siti"ni mag‘lubiyatga uchratishi talab qilinadi.

"Chelsi"ga yangi murabbiy sifatida kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida Kapellodan tashqari, Karlo Anchelotti, Kuman, Guus Xiddink nomlari ham mavjud.

Top