18:56 / 02.11.2015
3420

Xiaomi Afrika bozoriga kirib bormoqda

Xitoyning smartfonlar ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi noyabrdan o‘zining gadjyetlarini Afrika davlatlarida sotishni boshlaydi, deb xabar bermoqda CNET nashri.

Joriy yilning iyunida kompaniya Braziliya bozorini muvaffaqiyatli ravishda egallashni boshlagan edi. Endi dunyoda smartfon ishlab chiqaruvchi 5-raqamli eng yirik kompaniya o‘zining Redmi 2 va Mi modellarini JAR, Keniya va Nigeriyada sotishni boshlaydi. Biroq Xiaomi Afrika davlatlariga vositachi orqali chiqmoqda. Kompaniya qurilmalarini bu davlatlarda Mobile in Africa (MIA) Group kompaniyasi sotadi.

MIA Group bilan hamkorlik Xiaomi smartfonlarni bevosita o‘zi sotmaydigan birinchi holat bo‘ladi. Mobile in Africa Group nafaqat savdo bilan, balki qurilmalarni texnik qo‘llab-quvvatlash va marketing bilan shug‘ullanadi.

Top