18:52 / 02.11.2015
3588

Yamanga Chapala to‘foni yaqinlashmoqda

Yamanning Hind okeanida joylashgan Sokotra oroliga kuchli tropik to‘fon yopirildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu to‘fon bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.

Ayni vaqtda ushbu to‘fon Yamanning Osiyo materigidagi qismiga qarab harakatlanmoqda.

Sokotra aholisi ushbu tabiat hodisasidan omon qolish uchun maktab binolari va g‘orlarga yashirinishgan.

Ushbu to‘fon Chapala deb nomlangan.

Qayd etilishicha, Yamanga keyingi bir necha o‘n yildan buyon bunday to‘fon yaqinlashmagandi.

Meteorologlar to‘fon soatiga 240 km tezlik bilan harakatlanayotganini aytishgan. Ushbu to‘fon 3 noyabr kuni ertalab (mahalliy vaqt bilan soat 06:00da) Yamanning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Mukalla shahriga yetib kelishi kutilmoqda. To‘fon quruqlikka yetib kelgach, soatiga 165 km tezlikda harakat qilishi aytilgan.

Top