18:45 / 02.11.2015
3815

Youtube portali Subaru poyga avtomobilidan yon atrofga qarash imkoniyatini beruvchi videorolik joylashtirdi

Youtube videoxostingi endilikda 3D-namoyishni qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Portalda Subaru poyga avtomobilidan yon atrofga qarash imkoniyatini beruvchi videorolik joylashtirdi. Rolikdagi tasvirni sichqoncha ko‘rsatkichi bilan ushlab, 360 gradusga burish mumkin.

Video AQShda ommaviy bo‘lgan 2015 Lake Superior Performance Rally poygasining bosqichlaridan birida poygachilar tomonidan yozib olindi. Afsuski, 3D-namoyish hozircha ijtimoiy tarmoqlardagi, misol uchun Facebook’dagi plaginlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmayapti.

Top