15:02 / 03.11.2015
4143

“O‘zbekturizm” Indoneziya, Singapur va Malayziyaga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Indoneziya, Singapur va Malayziyaga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolarini Indoneziyaning Sumatra va Kalimantan orollaridagi o‘rmon yong‘inlari keltirib chiqargan noxush ekologik vaziyat haqida ogohlantirdi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2015 yil 27 oktabr holatiga ko‘ra, ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlarning bir qator shaharlarida yong‘inlar tufayli havoning ifloslanishi «PSI» («Pollutant Standards Index») shkalasi bo‘yicha 150-800 punktga yetgan.

Ayni paytda, ifloslanish darajasi 100 balldan oshsa, inson salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishni boshlaydi. Mahalliy meteoxizmatlar bashoratiga ko‘ra, havoning kuchli ifloslanishi uzoq muddat davom etishi mumkin.

Top