20:55 / 03.11.2015
2636

“Senator” nomli bo‘yoq jurnalistning noroziligiga sabab bo‘ldi

Toshkentning qurilish mollari bozorida “Senator” nomli yuzalarni oqlaydigan bo‘yoq sotilayotgani “Hurriyat” gazetasi jurnalistining noroziligiga sabab bo‘ldi.

“Oddiy bo‘yoqning shu nom bilan atalishini qanday tushunish kerak? Nahotki ishlab chiqarilayotgan mahsuloti xaridorgir bo‘lishi yoki tanilish uchun shunday nom bilan atash shart bo‘lsa?”, - deyiladi materialda.

“Ishlab chiqarish korxonalari mutasaddilari o‘z mahsulotlarini nomlashda yuzaki emas, balki jiddiyroq yondashsalar, maqsadga muvofiq bo‘lardi”, - deb fikrini yakunladi muallif.

Top