19:53 / 03.11.2015
3523

Amazon o‘zining ilk oflayn kitob do‘konini ochdi

1995 yildan beri kitoblar sotishni boshlagan Amazon onlayn-do‘koni 20 yil o‘tib, oflayn ko‘rinishda ham ish boshladi. Sietl markazidagi University Village savdo markazida joylashgan Amazon Books xaridorlarga 6 ming xilga yaqin kitoblarni taqdim etadi.

Amazon Books’dagi kitoblar narxi ham onlayn-magazin bilan bir xil. Kitoblardan tashqari, xaridorlar Amazon tomonidan ishlab chiqariladigan kitob o‘qishga mo‘ljallangan Kindle, Fire plansheti, Fire TV hamda “aqlli” Echo karnayi bilan tanishishlari mumkin. 

Top