11:20 / 03.11.2015
2737

Anjyelina Joli “Lojuvard qirg‘oq” filmini saratondan vafot etgan onasiga bag‘ishlaganini ma'lum qildi

Anjyelina Joli keyingi haftada premerasi bo‘lib o‘tadigan “Lojuvard qirg‘oq” (By the Sea) filmini saraton xastaligidan vafot etgan onasiga bag‘ishlaganini ma'lum qildi. Bu haqda filmning bosh rol ijrochisi, rejissyori va ssenariynavisi bo‘lmish Joli NBC telekompaniyasi jurnalistiga gapirib berdi.

"Biz kartina nima haqida bo‘lishini oshkor eta olmaymiz. Ammo uning katta qismi men onamni kasalxonaga olib borishim va onam o‘shanda o‘zida rak borligi haqida bilishi, undagi tuxumdonni olib tashlash zarurligini aytishgani, og‘ir va tushkun ruhda yashagani haqidadir, - dedi Joli.

Joli “Lojuvard qirg‘oq” filmining rejissyori, ssenariynavisi, prodyusori va bosh ayol rollarining biri ijrochisi ham hisoblanadi. Bosh erkak rolini esa uning turmush o‘rtog‘i, amerikalik aktyor Bred Pitt ijro etgan. Film Joli rejissyorlik qilgan to‘rtinchi kartinadir. Undagi voqealar o‘tgan asrning 90-yillarida sodir bo‘ladi.
“Lojuvard qirg‘oq”ning premerasi AQShda joriy yilning 13 noyabrida, Rossiyada esa 2016 yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadi.

Top