15:31 / 03.11.2015
4415

Beeline simli Interneti xizmatlari uchun to‘lovlarni endi Beepul orqali amalga oshirish mumkin

Aloqa operatori Beeline simli Internet xizmatlari uchun to‘lovlarni Beeline Uzbekistan mobil ilovasidagi Beepul to‘lov xizmati orqali amalga oshirish mumkin ekanligi xabar beradi.

“Simli Internet tarif rejalari takomillashtirilgani haqida xabar berganimizga ko‘p bo‘lmadi, bugun esa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda abonentlarimizga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqdamiz, – deydi Buzton QK bosh direktori Oraz Abdurazakov. – Ushbu loyihaning ishga tushirilishi kompaniyamizning mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishga intilishini yana bir bor tasdiqlaydi”.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yilning sentyabr oyida Beeline Beepul to‘lov tizimini ishga tushirdi. Xizmatdan foydalanish uchun Beeline Uzbekistan mobil ilovasini yangilash lozim.

To‘lov bank kartasi (UZCARD Online) yordamida ham abonent so‘rovi bo‘yicha, ham avtomatik ravishda komissiyasiz amalga oshiriladi. Qo‘shimcha chiqimlarsiz roumingda bo‘lganda ham balansni to‘ldirish mumkin, shuningdek bir nechta plastik kartalarni ro‘yhatdan o‘tkazish va to‘lov natijalari haqida SMS xabar ham olish mumkin. Beepul xizmati Android OT ishlaydi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Top