00:09 / 03.11.2015
2530

Google o‘zining “aqlli” avtomobillarini yo‘llarda bolalarni tanishga o‘rgatmoqda

Google kompaniyasi o‘zining avtopilotga ega avtomobillarini yo‘llarda bolalarni tanishga o‘rgatmoqda. Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida ma'lum qilindi.

Buning uchun kompaniya o‘z xodimlarining farzandlarini taklif qilib, ulardan avtomobillar sensorlari oldida karnaval kostyumlarida yugurib yurishni so‘rashdi. Gap shundaki, bolalarning yo‘llardagi xatti-harakatlari kattalarnikidan ancha farqlanadi va ularni oldindan aytish qiyin bo‘lishi mumkin, ayniqsa bayramlarda. Shuning uchun avtomobil tizimiga dastlab ko‘chada bolalarni boshqa odamlardan va obektlardan farqlashni o‘rgatish lozim. Bolalarning yo‘ldagi xavfsizligini ta'minlash Google’ning avtopilotga ega avtomobillari loyihasi yashab ketishining asosiy omillaridan hisoblanadi.

Top