20:28 / 03.11.2015
7677

KUN.UZ dayjesti: 3 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 3 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Osiyo taraqqiyot banki Afg‘onistonga 858 mln dollar sarmoya kiritadi>>

Osiyo taraqqiyot banki va donor mamlakatlar Afg‘onistonda infratuzilmalar rivoji uchun 858 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Hama Press agentligi xabar tarqatgan.

BMT: dunyoda fuqaroligi yo‘q bolalar soni ortmoqda>>

Birlashgan millatlar tashkilotining xabar qilishicha, har 10 daqiqada dunyoda bir nafar chaqaloq fuqaroligi bo‘lmagan holda tug‘iladi. Ular soni yiliga 70 nafardan ortib bormoqda.

Obama 2 yil uchun byudjyet xarajatlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi>>

AQSh prezidenti Barak Obama keyingi 2 yil uchun byudjyet xarajatlari bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi. Oq uy matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi 2016 va 2017 yillarda bir qator chekklashni nazarda tutadi, hozirgi byudjyet qonunchiligidagi bir qator moddalar o‘zgartirilgan.

Qalin tuman tufayli Yevropa bo‘ylab ko‘plab aviakompaniyalar reyslarini bekor qilmoqda>>

2 noyabr kuni Buyuk Britaniyada bir qator reyslarning to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan qalin tuman ko‘p o‘tmasdan Yevropaning markaziy qismlariga ham ta'sir qilmoqda.

OAV: Somalida jangarilar harbiy maktab talabalariga hujum qilib, 30 kishini o‘ldirdi>>

"Ash-Shabab" jangarilarining Somalidagi guruhi mamlakat harbiy tuzilmalari uchun maxsus xodimlar tayyorlanadigan maktab vakillariga hujum uyushtirdi. Bu haqda Reyter xabar qilgan.

Pentagon: AQSh floti Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududda patrullik qilishda davom etadi>>

AQSh floti kemalari Pekin e'tirozlariga qaramasdan, Janubiy Xitoy dengizida XXR da'vogarlik qilayotgan orollar yaqinidagi bahsli hududda muntazam ravishda patrullik qiladi. Bu haqda Pentagon vakili jurnalistlarga ma'lum qildi.

OAV: Devid Kemeron Suriyadagi bombardimonda ishtirok etish fikridan qaytdi>>

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Suriyada IShID pozitsiyalariga zarbalar berish borasidagi qonun loyihasini parlamentda ovoz berishga qo‘ymaydi. Bu haqda Times nashri yozmoqda.

Noma'lum kishilar Ukraina bosh prokurorining xonasini o‘qqa tutishdi>>

2 noyabr kuni Ukraina bosh prokurori Viktor Shokin majlis olib borayotgan xona derazasiga noma'lum kishilar tomonidan ikki marta o‘q uzildi. 

Muslima Avstraliyada “Yil Ayoli” bo‘ldi>>

Avstraliyada o‘tkazilgan Telstra NSW-2015 mukofotining “Yilning tadbirkor ayoli” yo‘nalishida muhandis-konstruktor, madaniyat bo‘yicha maslaxatchi va Qirollik Avstraliya dengiz floti biznes-lideri, kapitan Mona Shindi (Mona Shindy) eng yaxshi deb topildi.

A321 layneri qulashidan oldin odatdagi parvoz uchun xos bo‘lmagan tovushlar qayd qilingan>>

Sinayga qulab tushgan A321 samolyoti uchuvchilari halokat vaqtiga qadar hech qanday texnik nosozlik haqida bilishmagan. Bu haqda Qohiradagi manbasiga asoslanib, "Interfaks" xabar bergan.

FT: Xitoy fond bozorining qulashi Gonkongga 8 mlrd dollardan ko‘proq ziyon keltirdi>>

Gonkong valyuta zahiralari miqdori 1,9 foizga yoki 8,2 mlrd dollarga (63,8 mlrd Gonkong dollari) kamayib, o‘zining 30 yillik tarixida eng katta ziyonni qayd qildi. Bu haqda Gonkong pul muomalasi boshqarmasi rahbari Norman Changa iqtibos keltirgan holda Financial Times nashri xabar berdi.

Merkel Bolqonda urush bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi>>

Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Kengashi muhojirlar uchun ichki chegaralarini yopgan taqdirda, Bolqon hududida urush boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayniqsa, Germaniya va Avstriya ushbu ishni amalga oshirsa jiddiy muammao yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Die Zeit xabar qildi.

Jon Kerrining Markaziy Osiyo turnesining oxirgi nuqtasi – Turkmaniston>>

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab turnesi doirasida ushbu mintaqadagi to‘rt mamlakat – Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda bo‘ldi. Yevropaga ketish oldidan u Turkmanistonga safar uyushtiradi.

Misr prezidenti: IShID A321 samolyotini urib tushirgani haqida aytib, o‘zini tashviqot qildi>>

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining fikricha, IShID Sinayda Rossiyaga tegishli A321 samolyotini urib tushirgani haqida e'lon qilib, o‘zini yana bir marta targ‘ib qildi.

AQSh Tojikistonni fuqarolarning diniy huquqlarini himoya qilishga chaqirdi

AQSh Tojikiston hukumatining fuqarolarning din erkinligi huquqlarini to‘laqonli ta'minlashga chaqirdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri ushbu mamlakatga tashrifi chog‘ida bayonot berdi.

Yaponiyada Mitsubishi Gas Chemical zavodida portlash sodir bo‘ldi>>

Yaponiyaning Ibaraki prefekturasidagi Kamisu shahrida joylashgan Mitsubishi Gas Chemical kompaniyasiga tegishli “Kasima” zavodida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy o‘t o‘chirish xizmati ma'lumotlariga asoslangan holda NHK telekanali xabar berdi.

Nazarboyev Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida Qozog‘istonga investitsiya oqimini oshirish masalasini muhokama qiladi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning Londonga rasmiy tashrifi chog‘ida investitsion oqim hajmini oshirish hamda o‘zaro hamkorlikning turli yo‘nalishlaridagi istiqbollar muhokama qilinadi.

Chet elliklarga Ukraina armiyasida xizmat qilishga ruxsat berildi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarga Ukraina qurolli kuchlarida harbiy xizmat o‘tashga ruxsat beradigan qonunni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Kerri 5+1 formatidan ko‘zlangan maqsadni tushuntirib berdi>>

AQSh davlat kotibi Jon Kerri o‘tkazgan Markaziy Osiyo turnesidan ko‘zlangan asosiy maqsad mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlashdir. Bu haqda Jon Kerri “Mir” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Obama: respublikachilarning teleboshlovchilarga kuchi yetmasa, ular Putinga qanday bas keladi?>>

AQSh prezidenti Barak Obama Respublikachilar partiyasidan nomzodlarning xalqaro siyosiy maydonda faoliyat yurita olishiga shubha bildirdi, deb yozadi The New York Times nashri.

Kapello "Nyu-York Siti"ga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin>>

"Nyu-York Siti" jamoasi mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik tufayli bosh murabbiy Jyeyson Kreysni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar tarqatgan.

Top