19:18 / 03.11.2015
9841

Merkel Bolqonda urush bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Kengashi muhojirlar uchun ichki chegaralarini yopgan taqdirda, Bolqon hududida urush boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayniqsa, Germaniya va Avstriya ushbu ishni amalga oshirsa jiddiy muammao yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Die Zeit xabar qildi.

“Men bu harbiy to‘qnashuvlarga olib kelmasligini istar edim”, - dedi german hukumati rahbari Darmshtadtdagi konferensiyada so‘zga chiqar ekan.
Merkel Germaniya YeIdagi yirik davlat sifatida muammoga yechim topishi, munosabatlarni mustahkamlashi lozimligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top