22:05 / 03.11.2015
2887

Mourino: 2004 yilda qachondir faoliyatimda bulutli kunlar boshlanishi haqida aytgandim

"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino YeChLning guruh bosqichida "Dinamo K" jamoasiga qarshi kechadigan bahs arafasida jurnalistlar bilan gaplashdi.

"Kecha bir tanishim menga 2004 yilning mayidagi matbuot anjumanida gapirgan gaplarimdan iqtibos jo‘natdi. Bu gaplarimni o‘zim ham esdan chiqargandim. O‘shanda faoliyatimda kun kelib qora kunlar ham bo‘lishi haqida aytgan ekanman. Bu kunlar esa 11 yil o‘tgachgina keldi. Lekin qora bulutlar o‘tib ketganidek, bu kunlar ham o‘tadi.

Men bunday kunlarga hamisha tayyor bo‘lganman. Hozirda jamoa o‘yinini yaxshilash ustida ishlayapman, barcha kichik jihatlargacha e'tibor bilan qaramoqdaman. O‘yinlarni tahlil qilib, o‘z shogirdlarim uchun ko‘p ishni bajaryapman.

Ishonaman, "Chelsi" guruhda birinchi o‘rinni egallaydi va keyingi bosqichga chiqadi. Hatto, "Dinamo"ni yengmasdan ham guruhdan chiqa olishimiz mumkin. Axir qolgan 3ta turda 2ta g‘alaba va 1ta durang ham kifoya qilish mumkin", deydi Mourino.

Top