12:07 / 03.11.2015
3158

"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi hakamligi Ermatovga topshirildi

"Nasaf" hamda "Paxtakor" klublari o‘rtasidagi Oliy Liga 29-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqaradi.

«Nasaf» (Qarshi) – «Paxtakor» (Toshkent)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeyev (Urganch).
O‘zPFL vakili: F. Magametov.

Mazkur tur uchrashuvlari 4-5 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaqtda, chempionat yakunlanishiga 2ta tur qolganida "Paxtakor" 69 ochko bilan birinchi o‘rinda joylashgan, uchunchi o‘rindagi "Nasaf" hisobida esa 62 ochko mavjud. Uchlikning yana bir vakili "Lokomotiv" (68 ochko, 2-o‘rin) ham turni Qashqadaryoda o‘tkazadi. Bu o‘yinga Sh.Qosimov tayinlangan.

«Lokomotiv» (Toshkent) – «Mash'al» (Mubarak)
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliyev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: B. Mametov.

Top