15:51 / 03.11.2015
3121

Nursulton Nazarboyev Londonga yetib bordi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mingan samolyot London aeroportiga yetib bordi va Buyuk Britaniya qirolligidagi safarini boshladi. Bu haqda Akorda matbuot xizmati xabar berdi.

Uni aeroportda Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron kutib oldi. Nazarboyev Yelizaveta II tomonidan qabul qilinadi. Shundan keyin u Britaniyaning ishbilarmon davralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Bu Qozog‘istonda o‘tgan prezidentlik va Buyuk Britaniyada o‘tgan parlament saylovlaridan keyin Nazarboyevning Yevropaga birinchi tashrifi bo‘ladi. Tajribali mutaxassislar bu tashrifda Ostona va G‘arbning yaqinlashishga urinishiga yaqqol signalni ko‘rishmoqda.

Ma'lumot uchun, bu safargi tashrif Nazarboyev Buyuk Britaniyaga uyushtirgan to‘qqizinchi tashrifdir. Ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan.

Top