08:14 / 03.11.2015
3117

OAV: Somalida jangarilar harbiy maktab talabalariga hujum qilib, 30 kishini o‘ldirdi

"Ash-Shabab" jangarilarining Somalidagi guruhi mamlakat harbiy tuzilmalari uchun maxsus xodimlar tayyorlanadigan maktab vakillariga hujum uyushtirdi. Bu haqda Reyter xabar qilgan.

Tashkilot vakilining ma'lumotiga ko‘ra, ushbu hujum davomida 30 nafarga yaqin somalilik harbiy o‘ldirilgan.

O‘z navbatida Somali hukumati bu ma'lumotni tasdiqlamagan.

"Biz olgan ma'lumotlarga ko‘ra, "Ash-Shabab" jangarilari pistirmada turib, ikkita pikapdagi harbiylar va harbiy maktab talabalariga hujum qilishgan. Qurbonlar soni haqida gapirishga hali erta, chunki o‘rmonda janglar hali davom etmoqda", deydi Somali armiyasi vakili Ahmad Ibrohim.

Top