18:54 / 03.11.2015
11899

Obama: respublikachilarning teleboshlovchilarga kuchi yetmasa, ular Putinga qanday bas keladi?

AQSh prezidenti Barak Obama Respublikachilar partiyasidan nomzodlarning xalqaro siyosiy maydonda faoliyat yurita olishiga shubha bildirdi, deb yozadi The New York Times nashri.

“E'tibor qilgan bo‘lsangiz, har bir nomzod: “Obama zaif, Putin uning ko‘zlariga chang tushirmoqda, Putin bilan men gaplashsam, hammasi joyida bo‘ladi”, deydi. Lekin amalda ular teledebatlarda CNBC teleboshlovchilariga bas kela olmayotganini ko‘ramiz. Agar siz bu bolalarga bas kela olmasangiz, ruslar va xitoylarni uncha bezovta qila olmaysiz”, - dedi Obama Demokratlar partiyasi tadbiridagi chiqishida.

Top