18:12 / 03.11.2015
2226

O‘zbekiston TIV vakili Buxarestdagi yong‘in munosabati bilan Ruminiya elchixonasiga tashrif uyushtirdi

2015 yilning 3 noyabr kuni O‘zbekiston TIV vakili Ruminiyaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif uyushtirdi.

Ushbu tashrif 30 oktabr kuni Buxarest shahridagi sodir bo‘lgan yong‘in munosabati bilan uyushtirildi. Tashrif vaqtida halok bo‘lganlar xotirasiga mamlakatda 3 kunlik umumxalq motami e'lon qilinganligi munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktabrga o‘tar kechasi Ruminiya poytaxti Buxarest shahridagi tungi klubda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Ushbu yong‘in natijasida 31 kishi halok bo‘lgan va 136 kishi jarohatlangan.

Top