20:50 / 03.11.2015
5877

O‘zbekistonlik jurnalist “Temurlang” deb yozilgan daftarni tanqid ostiga oldi

O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Sherzod Qudratxo‘jayev mamlakat ichida ishlab chiqarilgan daftarlardan birida Amir Temurning nomi Tamerlan sifatida keltirilganiga e'tiroz bildirdi.

“Yaqinda kitob va kantselyariya mollari sotadigan rastalardan birida tasodifan bir daftarga ko‘zim tushib qoldi. Daftarning muqovasiga o‘rta asr qal'asi fonida buyuk bobomiz Amir Temurning siymosi tushirilgan bo‘lib, uning tagiga Tamerlan deb yozilgan ekan...”, - deydi jurnalist.

“Afsuski, hozir ham rus, yevropalik va amerikaliklar Temurlang so‘zining ma'nosini bilmay shunday atashadi. Ularni-ku tushunish mumkin. Ammo biz buni bilmasligimiz – o‘zligimizni anglamasligimiz demakdir”, - so‘zida davom etdi Qudratxo‘jayev.

Top