17:00 / 03.11.2015
6583

Pentagon nima uchun Afg‘onistonda dunyodagi eng qimmat AYoQSh qurganiga izoh bera olmayapti

AQSh Mudofaa vazirligi Afg‘onistonda bitta avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyasi qurilishiga 43 million dollar sarflab, endi shuncha mablag‘ning nima maqsadda ishlatganiga izoh bera olmayapti. 2 noyabr kuni Afg‘onistonda rekonstruksiya masalalari bo‘yicha AQSh bosh instpektori Jon Sapko hisobotida ushbu savol o‘rtaga tashlandi.

“Mudofaa vazirligi amerikalik soliq to‘lovchilarning 43 million dollar pulini dunyodagi eng qimmat yonilg‘i quyish stansiyasini qurish uchun o‘zlashtirdi”, - deya tasdiqladi Sapko.
Gap 2011 yilda Shibarganda qurilishi boshlangan obekt haqida ketmoqda. Amerikaliklar mazkur noodatiy benzokolonka orqali mahalliy aholiga mashinalarga siqilgan tabiiy gaz quyadigan shoxobcha aslida qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lishgan.

Dasturning umumiy qiymati 800 million dollarni tashkil etib, mart oyida bekor qilingan. Bu vaqtga qadar esa 43 million “sarflab” bo‘lingan. “Rostini aytganda, bu ablahona ish”, - izoh berdi inspektor.
Vaziyat xuddi shunday obekt qurilishi qo‘shni Pokistonda boshlanganidan so‘ng yanada kuchaydi. Har bitta shunday stansiya qurilishi uchun bu yerda 500 ming dollardan kamroq pul sarflangan, ya'ni Amerikaning Afg‘onistondagi stansiyasidan 140 barobar arzonroqqa tushgan.

Top