15:52 / 03.11.2015
2650

Qirg‘izistonda terrorchilikda gumon qilinib, Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari terrorizm va ekstremizmga aloqasi borlikda gumon qilingan Rossiya fuqarosini qo‘lga olishdi. Bu haqda 3 noyabr kuni mamlakat jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining axborotida ma'lum qilishdi.

"Chuy tumanida olib borilgan tezkor-qidiruv operatsiyasi vaqtida terrorizm va ekstremizmda aloqasi bor deb gumonlangan 25 yoshli Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi ", - deyiladi axborotda. Rossiyalikning ism va sharifi oshkor etilmagan. Unda yana aytilishicha, rossiyalik fuqaroni tintish vaqtida ekstremestik tashkilotlarning taqiqlangan foto, video va boshqa propaganda vostilalari qo‘lga tushirilgan va olib qo‘yilgan.

Ayni damda unga nisbatan tezkor-surishtiruv choralari olib borilayotgani ma'lum qilingan.

Top