00:05 / 03.11.2015
3329

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Misrda falokatga uchragan samolyot qurbonlari xotirasiga ta'ziyalar kitobi ochildi

2 noyabrda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida Misrda falokatga uchragan samolyot qurbonlari xotirasiga ta'ziyalar kitobi ochildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

1 noyabrda Toshkent aholisi va mehmonlari falokatda halok bo‘lganlarga ta'ziya bildirib, Rossiya elchixonasi oldiga gullar, shamlar va o‘yinchoqlar olib kela boshlashdi.

“Biz elchixonaga telefon, maktublar va ijtimoiy tarmoqlar orqali ta'ziya va hamdardlik so‘zlarini bildirgan barcha o‘zbekistonliklarga minnatdormiz. Elchixona darvozasi oldiga gullar, shamlar, yumshoq o‘yinchoqlar olib kelgan va bizning qayg‘umizga sherik bo‘lganlarga ayniqsa katta minnatdorchilik bildiramiz”, deb aytildi elchixona matbuot xizmatining xabarida.

Ta'ziyalar kitobi 3 noyabrda ham ochiq bo‘ladi.

Top