19:57 / 03.11.2015
8470

Samarqandda 2 nafar qizni Turkiyaga olib borib 8 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda 2 nafar qizni Turkiyaga olib borib 8 ming dollarga sotishga uringan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Turkiyada ishlovchi Shoira Qilicheva singlisi Shohista orqali Aziza Soliyeva ismli ayol bilan aloqa qilib, turkiyalik Memet ismli shaxsning qo‘l ostiga “pul ishlab” beradigan bir nechta qiz olib kelishni so‘radi.

Shohista Aziza Soliyevaga ikki qizni topib keldi. Ular “mijoz”ga baholanib, 8 ming dollarga “baholandi”.
Ammo Aziza Soliyeva qizlarni olib ketishga urinayotganida Toshkentda qo‘lga olindi.

Top