23:19 / 03.11.2015
4599

Suriya muxolifati Rossiya havo-kosmik kuchlariga terrorchilarning marralari haqida ma'lumot berdi

Suriya muxolifati Rossiya havo-kosmik kuchlariga terrorchilarning 24 obekti haqida ma'lumot berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Bu haqda Rossiya bosh shtabi vakili, general-polkovnik Andrey Kartapolov ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu obektlarga Rossiya tomonidan aviazarbalar berilgan.

“Bugun Rossiya havo kuchlari 12 parvozni amalga oshirib, terrorchilarning 24 obektiga aviazarbalar berdi. Jumladan, Tadmora, Deyr-ez-Zora, Itriya va sharqiy Aleppo tumanlarida KAB-500 aviabombasi yordamida terrorchilarning bir qancha marralari yakson etildi”, — dedi Kartapolov Birinchi kanalning efir vaqtida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Suriya muxolifati kuchlari bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan.

Top