21:34 / 03.11.2015
2175

WP: Federal qidiruvlar byurosi yoshlar o‘rtasida terrorchilikka qarshi kurash uchun sayt ochishni rejalashtirilmoqda

AQShning Federal qidiruvlar byurosi talabalar va o‘qituvchilar uchun ekstremizmga qarshi kurash olib borishda yordam beruvchi sayt ishga tushirishni rejalashtirmoqda. AQShning musulmon tashkilotlari vakillari yangi loyiha yosh musulmonlarni tahqirlashga sabab bo‘ladi, deb xavotirlanmoqdalar. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

FQBning ta'kidlashicha, sayt terrorchilar internet orqali yoshlarni o‘z safiga yollashi holatlarining oldini olishda yordam beradi. Bunday holatlar haqida o‘qituvchilar va talabalarning o‘zlari ma'lum qiladilar. “Marionetka bo‘lma” deb nomlangan bu sayt 3 noyabrda ishga tushirildi, biroq birozdan keyin to‘xtatib qo‘yildi, deb xabar bermoqda nashr.

Musulmon tashkilotlari vakillari o‘z navbatida FQB shu tariqa “informatorlar tizimini shakllantirishga urinmoqda”, deb aytdilar.

“Ko‘rinishicha ular o‘qituvchi va talabalardan huquq-tartibot muassasalari sifatida chiqishlarini istashmoqda. Biz bundan xavotirdamiz”, deb aytdi jamoatchilik bilan aloqalar musulmon kengashi vakili Ho‘da Hava.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, saytda turli “viktorinalar” joylashtiriladi. Misol uchun, yoshlarga shunday savol beriladi: “Quyidagilardan nima Facebook monitoring qilinganda FQBda qiziqish uyg‘otishi mumkin?”. Ushbu savolga quyidagi javoblar berilgan: o‘zining hissiy muammolarini aytuvchi yosh kishi; o‘zining siyosiy namoyishda ishtirok etish niyati borligini aytuvchi yosh kishi yoki “musulmoncha” ismga ega yoshning xorijga missiya bajargani ketayotganini aytishi. Saytning bunday viktorinalar joylashtirilgan loyihasi oktabrda taqdim qilingan edi.

Qayd etilishicha, ko‘pchilik musulmon yetakchilari FQBning terrorchilikka qarshi kurash borasidagi bunday choralariga shubha bilan qarashmoqda, chunki ular huquq-tartibot muassasalari o‘z e'tiborlarini aynan islom vakillariga haddan ko‘p qaratmoqdalar, deb hisoblamoqdalar.

Top