14:34 / 03.11.2015
3137

Yamandan o‘tgan shiddatli siklon ko‘plab qurbonlarga olib keldi

“Shapala” nomli shiddatli siklon o‘tgan tunda Yamandan o‘tdi, deb xabar berdi hukumat vakili Farhod Kifoyin. Uning so‘zlariga qaraganda, bir qator tumanlarda toshqinlar kuzatilgan, ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgan.
“Ulkan zarar keltirildi, biz ayniqsa qurbon bo‘lgan insonlardan chuqur qayg‘udamiz”, - dedi u.

Kifoyin tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi a'zosidir. Uning so‘zlariga qaraganda, komissiya endigina ish boshlagan bo‘lib, hali qurbonlar soni haqida aniq ma'lumotlar keltira olmaydi.

Top