13:26 / 04.11.2015
6031

“O‘zbekenergo” Yakkabog‘dagi elektr ta'minoti uzilishlarini tushuntirib berdi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. Nazarov OAVga yo‘llagan maktubida tumanda har yili oktabr oyi yarmidan elektr energiyasi berilishida uzilishlar paydo bo‘lishini aytib, buning sabablarini surishtirdi. Uning savoliga “O‘zbekenergo” DAK boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari U. Xakimov javob berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori 7-bandida iste'molchi o‘ziga tegishli elektr tarmoqlariga ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida kuchlanishi ming voltgacha bo‘lgan qo‘shimcha elektr qurilmalarini ulashi mumkin (elektr energiyasining isitish va issiq suv ta'minoti uchun qo‘llanishidan tashqari) deb belgilab qo‘yilganiga qaramasdan isitish va issiq suv ta'minoti uchun foydalanishalir oqibatida elektr energiyaga bo‘lgan talab keskin oshib ketishiga olib kelmoqda, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” gazetasi. – natijada energetika tizimidagi avariyalarning oldini olish maqsadida 110 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida UON (ustroystvo otklyucheniya energii) avtomat tizimi ishlash holatlari kuzatilmoqda”.

“Bundan tashqari, - qo‘shimcha qildi u, - foydalanilgan elektr energiyasidan qarzdor bo‘lgan iste'molchilarni elektr tarmoqlaridan uzish hamda rejali ta'mirlash ishlarini olib borish vaqtida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida elektr tarmoqlaridan almashlab ulash ishlari bajariladi”.

Top