07:58 / 04.11.2015
2261

“Shaxtyor” va “Malmyo” fanatlari Lvovda YeChL uchrashuvi oldidan mushtlashib ketishdi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turidan o‘rin olgan “Shaxtyor”-“Malmyo” uchrashuvi oldidan ukrainalik va shvetsiyalik futbol fanatlari o‘rtasida Lvovda ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi, deb xabar berdi TSN nashri.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, mushtlashuvda bir necha o‘nlab kishi ishtirok etgan. Voqea joyiga huquq-tartibot muassasalari xodimlari yetib kelganlarida mushtlashuv ishtirokchilari qocha boshlagan, biroq 10 nafar bezori qo‘lga tushgan. Ayni paytda politsiya jabrlanganlar bor-yo‘qligini aniqlashtirmoqda hamda voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda. 

Ukraina IIVda ma'lum qilinishicha, bundan bir kun avval Lvovda kechki payt bir guruh muxlislar shvetsiyalik muxlisni do‘pposlab ketgan. Ushbu voqea yuzasidan “qasddan tan jarohati yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top