10:16 / 04.11.2015
2275

AFP: Deutsche Bank’ga Eron va Suriyaga qarshi santsiyalarni buzgani uchun 200 mln dollar jarima solindi

Germaniyaning eng yirik banki hisoblangan Deutsche Bank bankiga Nyu-Yorkdagi moliyaviy xizmatlar regulyatori va AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan 200 mln dollar jarima to‘lash majburiyati qo‘yildi. Bank Eron va Suriyaga qarshi santsiyalarni buzganlikda ayblanmoqda. Bu haqda vaziyatdan yaxshi xabardor bo‘lgan manba Frans Press agentligiga ma'lum qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda va kelishuv haqida bu haftada e'lon qilinadi. Bank valyutalar bilan firibrgarliklar va Rossiyada pul yuvish bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha ham kelishuvga erishgan.

Avvalroq Deutsche Bank Rossiyada pul yuvish operatsiyalari va AQShning Eron va boshqa davlatlarga qarshi embargosini buzganlik uchun katta jarimaga tortilishidan xavfsirayotgani ma'lum qilingandi. Bankka nisbatan tergov bir necha davlat hukumatlari tomonidan olib borildi.

Rossiya mutasaddi tashkilotlari Deutsche Bank Rossiyadan kapital chiqib ketishiga yordam bergan bo‘lishi mumkinligini aytgan. Tergov Rossiya banki qoidabuzarliklarga ishora qilgandan keyin boshlangan. Joriy yilning avgust oyida bankning Rossiya qimmatbaho qog‘ozlari operatsiyalari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Timoti Uizuell o‘z lavozimini tark etgan edi.

Avvalroq TASS ma'lum qilinganidek, gap rossiyalik mijozlar tomonidan bank orqali rubllarda aksiyalar sotib olingani va Londonda bank AQSh dollarida boshqalardan rossiyalik mijozlar sotib olgan shunday aksiyalarni shunday miqdorda sotib olgani haqida ketmoqda. Tergov taxminicha, bu operatsiyalar mijozlar tomonidan mablag‘larni noqonuniy harakatlantirishda qo‘llangan bo‘lishi mumkin.

Top