11:00 / 04.11.2015
2779

BMT Rossiya va Qirg‘izistonda fuqarosizlikka qarshi kurash olib borilayotganini e'tirof etdi

BMTning qochqinlar masalasi bo‘yicha oliy komissari Antoniu Guterresh fuqarosizlikka qarshi kurashda boshqa bir qator davlatlar qatorida Rossiya va Qirg‘iziston hukumatlarining ham xatti-harakatlarini e'tirof etdi.

Bosh Assambleyaning 3-qo‘mitasidagi chiqishida u 2011 yildan buyon apatridlar (fuqaroligi yo‘q shaxslar) borasidagi konvensiyalarga 50 davlat qo‘shilganini ta'kidladi.
“Ammo muhimroq jihati shundaki, Kot-d’Ivuar, Qirg‘iziston, Malayziya, Rossiya Federatsiyasi va Tailandda minglab odamlarning fuqaroligini tasdiqlash borasidagi ishlar muvaffaqiyatga olib keldi”, - dedi Guterresh.

Top