07:31 / 04.11.2015
2926

YeChL, D guruhi: “Manchester Siti” “Sevilya”ni yengdi, “Borussiya” “Yuventus” bilan durang o‘ynadi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turida D guruhidan o‘rin olgan birinchi uchrashuvda “Manchester Siti” mehmonda “Sevilya”ni mag‘lub etdi. “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv “shaharliklarning” 1:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mezbon jamoa safida Benua Tremulinas, mehmonlar safida esa Rahim Sterling, Fernandino va Vilfrid Boni o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi.

 

Chempionlar Ligasi, D guruh, 4-tur

Sevilya (Sevilya) – Manchester Siti (Manchester) – 1:3

Gollar: Sterling, 8 (0:1); Fernandino, 11 (0:2); Tremulinas, 25 (1:2); Boni, 36 (1:3). 

Guruhdagi 2-uchrashuvda Myonxengladbaxning “Borussiya» klubi o‘z maydonida “Yuventus” bilan 1:1 hisobida durang natija qayd qildi. Fabian Jonsonning goliga Shtefan Lixtshtayner aniq zarba bilan javob berdi.

53-daqiqada turinliklar Ernanesning maydondan chetlatishi evaziga kamchilik bo‘lib o‘ynashlariga to‘g‘ri keladi.

Borussiya (Myonxengladbax) – Yuventus (Turin) – 1:1

Gollar: Jonson, 18 (1:0); Lixtshtayner, 44 (1:1).

Chetlatish: Ernanes, 53 (Yuventus) 

4-turdan keyin D guruhidagi musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. «Manchester Siti» — 9 ochko; 2. «Yuventus» — 8; 3. «Sevilya» — 3; 4. «Borussiya» M — 2.

Top