11:23 / 04.11.2015
2103

Demokratlar 44 yil ichida birinchi marta Kentukki hokimligi saylovlarida mag‘lub bo‘lishdi

Shu seshanba kuni o‘tkazilgan Kentukki shtati hokimligi uchun saylovlar Demokratlar partiyasi uchun omadsiz kechdi. Ular 44 yil ichida birinchi marta saylovlarda Respublikachilar partiyasiga yutqizib qo‘yishdi.

Saylovda biznesmen Mett Bevin g‘alaba qozondi. Uning raqobatchisi, demokrat Jyek Konuey 2 muddat davomida bosh prokuror lavozimini egallab turgan edi.
Hozircha saylovlarning rasmiy natijalari e'lon qilinmadi, lekin mahalliy matbuot Bevinning g‘alabasiga shubha qilmayapti.

AR agentligining ma'lum qilishicha, bu keyingi yil o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan demokratlarga berilgan bir “signal” bo‘ldi.

Top