10:50 / 04.11.2015
3293

Dronlar 50 km/soat tezlikda to‘siqlarni chetlab o‘tishni o‘rgandi

Massachusets texnologik universiteti axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt laboratoriyasi tadqiqotchilari dronlarga 50 km/soat tezlikda to‘siqlarni chetlab o‘tish imkonini beruvchi tizimni yaratishdi. Bu haqda laboratoriya saytida xabar qilindi.

Tizimda joyni skanerdan o‘tkazib, uning 3D xaritasini yaratishga mo‘ljallangan lidarga ega emas. U to‘siqlarni tanish algoritmidan foydalanadi. Buning uchun dronning har bir qanotiga maxsus kameralar o‘rnatilgan.
“Lidar uzatkichlari kichik masofalarga parvoz qilish uchun ortiq darajada og‘irdir, atrofning xaritalarini tuzish ham ko‘p vaqt oladi.

Agar biz tezkor, makonda mo‘ljal oladigan dronlar qurishni istasak, unda tezkor algoritm ishlab chiqishimiz lozim”, - dedi MIT professori Russ Tedreyk bilan tizimni ishlab chiqqan talaba Endryu Barri.
Dron yasalgan detallarning umumiy narxi 1.7 ming dollarni tashkil qildi.

Top